Odamlarni qidirish xizmati

Yillar o‘tsa ham, odamni topish mumkin

Armiyadagi safdosh, maktabdagi sinfdosh, aloqasi uzilgan qarindosh. Ular haqida bilganlaringizni yozing, biz butun O‘zbekiston bo‘ylab qidirishga yordam beramiz.

  • Ro‘yxatdan o‘tish shart emas
  • Xizmat bepul
  • Ma’lumotlaringiz maxfiy

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Qidirilayotgan odam haqida eslab qolgan hamma narsangizni yozasiz: ismi, yili, qayerda tanishgansiz.

  2. 2

    Mutaxassis biriktiriladi

    Arizangizni hududni yaxshi biladigan xodimimiz ko‘rib chiqadi.

  3. 3

    Qidiruv olib boriladi

    Butun respublika bo‘ylab aloqalarimiz orqali surishtiramiz. Holatni sayt yoki Telegram’da kuzatasiz.

  4. 4

    Rozilik bilan bog‘laymiz

    Topilgan odamga sizni aytamiz. U rozi bo‘lsa, ikkingizni bog‘lab qo‘yamiz.

Nega aynan biz

Butun O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq

14 hududda, shahar va qishloqlargacha yetib boradigan ishonchli aloqalarimiz bor.

Har bir arizaga inson qaraydi

Avtomatik qidiruv emas: har bir ish bilan xodim shug‘ullanadi.

Ikki tomon xavfsizligi

Topilgan odamning kontakti faqat uning roziligi bilan beriladi. Bu firibgar va yomon niyatlilardan himoya qiladi.

Sizni ham kimdir qidirayotgan bo‘lishi mumkin

Eski do‘stlaringiz sizni topishini xohlasangiz, ma’lumotingizni qoldiring. Kimdir sizni qidirsa, avval sizdan so‘raymiz.

Ma’lumot qoldirish

Ko‘p beriladigan savollar

Xizmat pullikmi?

Yo‘q, xizmat bepul. Biz buni savob uchun qilamiz. Xohlasangiz, ixtiyoriy ravishda donat qilishingiz mumkin.

Qidiruv qancha vaqt oladi?

Har xil. Ba’zan bir necha kun, ba’zan bir necha hafta ketadi. Ma’lumot qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha tez topiladi.

Ro‘yxatdan o‘tishim kerakmi?

Yo‘q. Telefon raqamingizni qoldirsangiz yetarli. Holatni ariza kodi orqali yoki Telegram botimizda kuzatasiz.

Ma’lumotlarim kimga ko‘rinadi?

Faqat arizangizga biriktirilgan xodimga. Hech qayerda e’lon qilinmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Topilgan odam rozi bo‘lmasa-chi?

Unda uning kontaktini bera olmaymiz, lekin sizga uning topilganini va bog‘lanishni xohlamaganini aytamiz. Bu ikki tomonning ham xavfsizligi uchun.

Chet eldagi odamni qidirasizmi?

Ha, agar uning O‘zbekistondagi yashash joyi yoki qarindoshlari haqida ma’lumot bo‘lsa, imkoniyat katta.

Qanday qidirasiz?

Usullarimiz xavfsizlik va aloqalarimizni himoya qilish uchun oshkor qilinmaydi. Barchasi qonun doirasida olib boriladi.

Qidiruvni boshlash